
Kuzda
#Ochiq sahifa
Yana sogʻinch barglarda balqir,
Daraxt toʻkаr yaproqlarini.
Sen ketgandan buyon quyosh ham,
Sochmas menga yogʻdularini.
Nega endi yigʻlaydi osmon,
To’kiladi samoviy jola.
Koʻnglim qalqib ketadi shu on,
Hijron-olov, tinmaydi nola.
Xazonrezgi bog’larni kezib,
Kuz suhbatin tinglagim kelar.
Qalbimdagi bor tugʻyonimni,
Nasim quchib sen tomon yelar.
Xazonlarga tikilib turib,
Bir zum xayol surib qolasan.
Yashil bog’lar oralab yurib,
Ko’z o’ngimda paydo bo’lasan.
Qani endi yomgʻir yogʻganda,
Hijronlarim yuvilib ketsa.
Oh g’alayon hislarim borib,
Kuz shamolin ilkiga yetsa.
Tunlar oyga dardlarim aytgach,
Shabnam sochgan durga yetolsam.
Tushda kechgan hayotdan qaytgach,
Erta turib tongga aytolsam.
Bilaman sen mendan olisda,
Shodligimsan, yashayman kutib.
Qancha quvonch, qancha gʻam boʻlsa
Peshvoz chiqay diydorga kulib.
Mana, qara kuz tugab borar,
To’lin oyda qolmadi toqat.
Bo’lgay endi tuyg’ular iqror,
Sadoqatdan so’ylaydi faqat.
Roʻziyeva Hadichabegim,
Peshku tumani, “Afshona” qishlog’i.
(24 yosh)

